{"title":"INSON VA JONZOT MIKROXRONOTOPIDA PARALLELIZM","authors":"Bahor TO‘RАYEVА","doi":"10.36078/1679987028","DOIUrl":null,"url":null,"abstract":"Maqolada Chingiz Aytmatov va Normurod Norqobilov romanlari misolida inson va jonzot ruhiy olamidagi evrilishlar mikroxronotop, ijtimoiy-tarixiy sharoitning qahramon taqdiri va feʼl-atvoriga taʼsiri makroxronotop, texnokratlashayotgan olam fojialari, ilmiy kashfiyotlarni Yaratgan irodasiga qarshi qo‘llashning halokatli oqibatlari megaxronotop asosida ifodalanishi tahlilga tortilgan. Xronotopning uch tipi syujet, kompozitsiya, motiv, obraz, detal, uslub singari poetik komponentlarning semantik-struktural munosabati doirasida muhokama qilingan. Xronotopning inson ruhiy olami bilan bevosita mushtaraklikda tasvirlanishi mega, makro va mikroxronotoplarning aloqadorligi asosida ayonlashadi. Bular olam va odam munosabatlarini ruhiyat, jamiyat va koinot kengligida aks ettiradi. Birinchisi, makon va zamonda kechayotgan o‘zgarishlarni koinot va yer yuzi, ikkinchisi, insonlar o‘rtasida kechadigan real voqea-hodisalar, uchinchisi, inson ruhiyati bilan ong va tafakkuri ostidagi ziddiyatlarni ifodalaydi. Parabola-romanda mikro va makroxronotop paralleligi o‘tmish va hozirning, ichki va ijtimoiy xronotopning yondoshligini taʼminlaydi. Badiiy asarda xronotop kategoriyasi inson ruhiy olami bilan bevosita mushtaraklikda tasvirlanadi. Maqolada tadqiq obyekti sifatida Chingiz Аytmatovning “Аsrni qaritgan kun”, “Qiyomat”, “Qulayotgan togʼlar”, “Kassandra tamgʼasi” hamda Normurod Norqobilovning “Dashtu dalalarda”, “Qoraquyun”, romanlari tanlangan. Tadqiqotning predmetini zamonaviy romanchilikda mikroxronotop poetikasining qiyosiy tipologiyasi tashkil etadi. Tadqiq jarayonida qiyosiy-tipologik, psixologik, sistem-struktur tahlil usullaridan foydalanilgan.","PeriodicalId":383760,"journal":{"name":"Foreign Languages in Uzbekistan","volume":"22 1","pages":"0"},"PeriodicalIF":0.0000,"publicationDate":"2023-02-20","publicationTypes":"Journal Article","fieldsOfStudy":null,"isOpenAccess":false,"openAccessPdf":"","citationCount":"0","resultStr":null,"platform":"Semanticscholar","paperid":null,"PeriodicalName":"Foreign Languages in Uzbekistan","FirstCategoryId":"1085","ListUrlMain":"https://doi.org/10.36078/1679987028","RegionNum":0,"RegionCategory":null,"ArticlePicture":[],"TitleCN":null,"AbstractTextCN":null,"PMCID":null,"EPubDate":"","PubModel":"","JCR":"","JCRName":"","Score":null,"Total":0}
引用次数: 0
Abstract
Maqolada Chingiz Aytmatov va Normurod Norqobilov romanlari misolida inson va jonzot ruhiy olamidagi evrilishlar mikroxronotop, ijtimoiy-tarixiy sharoitning qahramon taqdiri va feʼl-atvoriga taʼsiri makroxronotop, texnokratlashayotgan olam fojialari, ilmiy kashfiyotlarni Yaratgan irodasiga qarshi qo‘llashning halokatli oqibatlari megaxronotop asosida ifodalanishi tahlilga tortilgan. Xronotopning uch tipi syujet, kompozitsiya, motiv, obraz, detal, uslub singari poetik komponentlarning semantik-struktural munosabati doirasida muhokama qilingan. Xronotopning inson ruhiy olami bilan bevosita mushtaraklikda tasvirlanishi mega, makro va mikroxronotoplarning aloqadorligi asosida ayonlashadi. Bular olam va odam munosabatlarini ruhiyat, jamiyat va koinot kengligida aks ettiradi. Birinchisi, makon va zamonda kechayotgan o‘zgarishlarni koinot va yer yuzi, ikkinchisi, insonlar o‘rtasida kechadigan real voqea-hodisalar, uchinchisi, inson ruhiyati bilan ong va tafakkuri ostidagi ziddiyatlarni ifodalaydi. Parabola-romanda mikro va makroxronotop paralleligi o‘tmish va hozirning, ichki va ijtimoiy xronotopning yondoshligini taʼminlaydi. Badiiy asarda xronotop kategoriyasi inson ruhiy olami bilan bevosita mushtaraklikda tasvirlanadi. Maqolada tadqiq obyekti sifatida Chingiz Аytmatovning “Аsrni qaritgan kun”, “Qiyomat”, “Qulayotgan togʼlar”, “Kassandra tamgʼasi” hamda Normurod Norqobilovning “Dashtu dalalarda”, “Qoraquyun”, romanlari tanlangan. Tadqiqotning predmetini zamonaviy romanchilikda mikroxronotop poetikasining qiyosiy tipologiyasi tashkil etadi. Tadqiq jarayonida qiyosiy-tipologik, psixologik, sistem-struktur tahlil usullaridan foydalanilgan.