{"title":"MUMTOZ SHE’RIYATDA NAFS TALQINI","authors":"Zoyir Yallaqaev","doi":"10.36078/1666763406","DOIUrl":null,"url":null,"abstract":"Maqolada tasavvuf adabiyotida o‘ziga xos obraz bo‘lgan nafs va uning yaratilishi, unga asos bo‘lgan unsurlarning badiiy ifodasi Qur’on oyatlari, hadislar hamda Ahmad Yassaviy ijodiga tayangan holda tahlil qilingan. Bu obrazning o‘ziga xos klassik qahramonga aylanishi, ma’no ko‘lamining tobora murakkablashib, global-kiber g‘oyaga aylanib borishida, umumbashariy mohiyat kasb etishida nafsning o‘rni va ahamiyati badiiy dalillar vositasida ochib berilgan. Nafs tushunchasining evolyutsiyasi, etimologiyasi, tamadduni hamda taraqqiyoti kechmishi chuqur kuzatilgan. Nafs obrazining diniy va tasavvufiy mazmundagi o‘ziga xos jihatlari qayd etib o‘tilgan. Nafs konseptining tasavvufiy g‘oyadan badiiy obrazga aylanish tarixi kuzatilib, nafsning badiiy g‘oyasi, bu obrazning mumtoz adabiyotida tutgan o‘rni tahlil qilingan, uning tasavvuf adabiyotdagi takomil dinamikasi kuzatilgan. Nafs badiiy g‘oyasi tashiydigan mutlaq haqiqatlarni Ahmad Yassaviy badiiy ijodidagi o‘rni chog‘ishtirma usulda tahlil etilib, nafs obrazining hikmatnavis shoir she’riyatidagi koordinatasi hamda ahamiyati uning hikmatli “tizma”lari, “nasihat”lari kesimida tadqiq etilgan va nafs obrazi shoir ijodida eng asosiy-markaziy obrazlardan biri darajasiga ko‘tarilganligi faktlar vositasida isbotlangan. Nafs obrazi tuproq, suv, olov va havo singari obraz hamda ishq gavhari, shavq sharobi, ruh qushi kabi tasavvufiy timsollar bilan ham qiyos qilingan. Shuningdek, nafsning boshqa obrazlar (havo, g‘azab, g‘aflat va h.k.) bilan hamohang va rishtavor ekanligi haqidagi qarashlar ham tadqiq va talqin etilgan.","PeriodicalId":383760,"journal":{"name":"Foreign Languages in Uzbekistan","volume":"11 1","pages":"0"},"PeriodicalIF":0.0000,"publicationDate":"2022-08-20","publicationTypes":"Journal Article","fieldsOfStudy":null,"isOpenAccess":false,"openAccessPdf":"","citationCount":"0","resultStr":null,"platform":"Semanticscholar","paperid":null,"PeriodicalName":"Foreign Languages in Uzbekistan","FirstCategoryId":"1085","ListUrlMain":"https://doi.org/10.36078/1666763406","RegionNum":0,"RegionCategory":null,"ArticlePicture":[],"TitleCN":null,"AbstractTextCN":null,"PMCID":null,"EPubDate":"","PubModel":"","JCR":"","JCRName":"","Score":null,"Total":0}
引用次数: 0
Abstract
Maqolada tasavvuf adabiyotida o‘ziga xos obraz bo‘lgan nafs va uning yaratilishi, unga asos bo‘lgan unsurlarning badiiy ifodasi Qur’on oyatlari, hadislar hamda Ahmad Yassaviy ijodiga tayangan holda tahlil qilingan. Bu obrazning o‘ziga xos klassik qahramonga aylanishi, ma’no ko‘lamining tobora murakkablashib, global-kiber g‘oyaga aylanib borishida, umumbashariy mohiyat kasb etishida nafsning o‘rni va ahamiyati badiiy dalillar vositasida ochib berilgan. Nafs tushunchasining evolyutsiyasi, etimologiyasi, tamadduni hamda taraqqiyoti kechmishi chuqur kuzatilgan. Nafs obrazining diniy va tasavvufiy mazmundagi o‘ziga xos jihatlari qayd etib o‘tilgan. Nafs konseptining tasavvufiy g‘oyadan badiiy obrazga aylanish tarixi kuzatilib, nafsning badiiy g‘oyasi, bu obrazning mumtoz adabiyotida tutgan o‘rni tahlil qilingan, uning tasavvuf adabiyotdagi takomil dinamikasi kuzatilgan. Nafs badiiy g‘oyasi tashiydigan mutlaq haqiqatlarni Ahmad Yassaviy badiiy ijodidagi o‘rni chog‘ishtirma usulda tahlil etilib, nafs obrazining hikmatnavis shoir she’riyatidagi koordinatasi hamda ahamiyati uning hikmatli “tizma”lari, “nasihat”lari kesimida tadqiq etilgan va nafs obrazi shoir ijodida eng asosiy-markaziy obrazlardan biri darajasiga ko‘tarilganligi faktlar vositasida isbotlangan. Nafs obrazi tuproq, suv, olov va havo singari obraz hamda ishq gavhari, shavq sharobi, ruh qushi kabi tasavvufiy timsollar bilan ham qiyos qilingan. Shuningdek, nafsning boshqa obrazlar (havo, g‘azab, g‘aflat va h.k.) bilan hamohang va rishtavor ekanligi haqidagi qarashlar ham tadqiq va talqin etilgan.