{"title":"INTERAKTIV TELEJURNALISTIKANING TIPOLOGIK XUSUSIYATLARI","authors":"Юлдуз Артикова","doi":"10.36078/1672118544","DOIUrl":null,"url":null,"abstract":"Mazkur maqolada telejurnalistika tipologiyasi telekanallarning moliyaviy taʼminlanishi, auditoriyasi, loyihalarning davriyligi va koʻrsatuv yoʻnalishlaridan kelib chiqib tasniflanish masalalari koʻrib chiqildi. Izlanishda auditoriyaning yoshi, jinsi, qiziqishlariga koʻra telekanallarning ixtisoslashuviga oid tadqiqotlarning natijalari batafsil tahlil qilindi. Unga koʻra, teleloyihalarning yoʻnalishiga koʻra umumiy tipologik xususiyatlar mavjud boʻlib, informatsion, badiiy-publitsistik, tahliliy koʻrsatuvlarning efirga chiqish davriyligi, vaqti, hajmi har xil. Shu bilan birga, telekanallar mavsumiy, choraklik, oylik, haftalik, kunlik dasturlash siyosatini olib boradilar. Maqolada jahon telejurnalistikasi tajribasida moliyalashtirish usuliga koʻra tijoriy, davlat, ijtimoiy televideniye koʻrinishlari keng taraqqiy etganligi boʻyicha izlanish natijalari bayon etilgan. Shu oʻrinda telekanallarni tipik oʻziga xosligi efirga chiqish hududiga ham bogʻliqligini taʼkidlash kerak. Jahon tajribasida telekanallarning hududiy birlashmalari mavjud boʻlib, hududiy umumlashuv shu mintaqadagi telekanallarning oʻziga xosligini belgilab beradi. Umumiy nizomlar, meʼyorlar bilan faoliyat koʻrsatish jahon telekanallari uchun ham xos boʻlib, oʻzaro tajriba almashish, hamkorlik qilish uchun samarali natija beradi. Telekanallarning ixtisoslashuvi ularning umumiy tipologiyasiga xosligi tadqiq etilib, izlanishda mazkur xususiyat jahon tajribasi misolida ilmiy-nazariy qarashlar va amaliy misollar yordamida ochib berilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, maqolada ilmiy xulosalar qilingan.","PeriodicalId":383760,"journal":{"name":"Foreign Languages in Uzbekistan","volume":"143 1","pages":"0"},"PeriodicalIF":0.0000,"publicationDate":"2022-10-20","publicationTypes":"Journal Article","fieldsOfStudy":null,"isOpenAccess":false,"openAccessPdf":"","citationCount":"0","resultStr":null,"platform":"Semanticscholar","paperid":null,"PeriodicalName":"Foreign Languages in Uzbekistan","FirstCategoryId":"1085","ListUrlMain":"https://doi.org/10.36078/1672118544","RegionNum":0,"RegionCategory":null,"ArticlePicture":[],"TitleCN":null,"AbstractTextCN":null,"PMCID":null,"EPubDate":"","PubModel":"","JCR":"","JCRName":"","Score":null,"Total":0}
引用次数: 0
Abstract
Mazkur maqolada telejurnalistika tipologiyasi telekanallarning moliyaviy taʼminlanishi, auditoriyasi, loyihalarning davriyligi va koʻrsatuv yoʻnalishlaridan kelib chiqib tasniflanish masalalari koʻrib chiqildi. Izlanishda auditoriyaning yoshi, jinsi, qiziqishlariga koʻra telekanallarning ixtisoslashuviga oid tadqiqotlarning natijalari batafsil tahlil qilindi. Unga koʻra, teleloyihalarning yoʻnalishiga koʻra umumiy tipologik xususiyatlar mavjud boʻlib, informatsion, badiiy-publitsistik, tahliliy koʻrsatuvlarning efirga chiqish davriyligi, vaqti, hajmi har xil. Shu bilan birga, telekanallar mavsumiy, choraklik, oylik, haftalik, kunlik dasturlash siyosatini olib boradilar. Maqolada jahon telejurnalistikasi tajribasida moliyalashtirish usuliga koʻra tijoriy, davlat, ijtimoiy televideniye koʻrinishlari keng taraqqiy etganligi boʻyicha izlanish natijalari bayon etilgan. Shu oʻrinda telekanallarni tipik oʻziga xosligi efirga chiqish hududiga ham bogʻliqligini taʼkidlash kerak. Jahon tajribasida telekanallarning hududiy birlashmalari mavjud boʻlib, hududiy umumlashuv shu mintaqadagi telekanallarning oʻziga xosligini belgilab beradi. Umumiy nizomlar, meʼyorlar bilan faoliyat koʻrsatish jahon telekanallari uchun ham xos boʻlib, oʻzaro tajriba almashish, hamkorlik qilish uchun samarali natija beradi. Telekanallarning ixtisoslashuvi ularning umumiy tipologiyasiga xosligi tadqiq etilib, izlanishda mazkur xususiyat jahon tajribasi misolida ilmiy-nazariy qarashlar va amaliy misollar yordamida ochib berilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, maqolada ilmiy xulosalar qilingan.